Tesla’ning Xitoydagi daromadi 2016-yilda 1 milliard dollarni tashkil etdi
Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisining Xitoydagi daromadi 2016-yilda uch barobar oshib, 1,07 milliardni tashkil etdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Hozirda Tesla daromadining 15 foizga yaqini Xitoy bozoriga to‘g‘ri keladi. Eng yirigi esa Amerika bozori bo‘lib, undagi daromadi ikki barobarga o‘sib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiyaning jami daromadi 2016-yilda 7 milliard dollardan iborat bo‘ldi.
Tesla o‘z biznesini kengaytirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili kompaniya SolarCity quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchisini xarid qildi, joriy yilda esa Tesla Motors nomlanishini Tesla’ga o‘zgartirdi. Shunga qaramasdan, Tesla daromadining 97 foizi hamon elektromobillarga to‘g‘ri keladi.
Xitoy hukumati mamlakatdagi elektromobillar sonini ko‘paytirishga intilmoqda. Xitoy allaqachon elektromobillar soni bo‘yicha AQSh va Yevropa Ittifoqidan keyingi o‘rinni egallagan. Ularning soni 2016-yilda bir millionga yetdi.
Добавить комментарий!






- отсутствуют
