» » O‘zbekistonda jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan “Ezgulikni tanla” ijtimoiy loyihasi taqdim etildi

O‘zbekistonda jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan “Ezgulikni tanla” ijtimoiy loyihasi taqdim etildi


“Mehr va Oqibat” jonivorlarni himoya qilish nodavlat-notijorat tashkiloti O‘zbekiston madaniyati, san’ati va sporti namoyondalari qo‘llab-quvvatlagan “Ezgulikni tanla” ijtimoiy loyihasini taqdim etdi. Bu haqda tashkilotning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad jamiyat e’tiborini jonivorlarga nisbatan shafqatsiz muomala muammosiga e’tibor qaratish bo‘lib, #ozorberma chaqirig‘i uning bosh shioriga aylangan.

Hozirning o‘zida ko‘chalarda Sevara Nazarxon, Nasiba Abdullayeva, Munojat Yo‘lchiyeva, Munisa Rizayeva, Asal Shodiyeva, Amira Alibekova, Leyli, Bobur Ismoilov, Ruslan Nuriddinov va Saida Amir tasvirlangan bilbordlarni ko‘rish mumkin.

Ularning har birida yulduzlar bilan birga ko‘pchiligi ko‘chalarda qutqarib qolingan jonivorlar aks etgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют