» » “DTM natijalarini bekor qilolmaymiz, lekin shubhaga tushganlarga nisbatan talabni kuchaytiramiz”. O‘zMU rektori test imtihonlarida yuz bergan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirdi

“DTM natijalarini bekor qilolmaymiz, lekin shubhaga tushganlarga nisbatan talabni kuchaytiramiz”. O‘zMU rektori test imtihonlarida yuz bergan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov oliygohning Sotsiologiya yo‘nalishi uchun qabul imtihonlaridan asosan “tanlangan abituriyentlar” o‘ta olgani bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi. Rektorning munosabati “Kun.uz”da e’lon qilindi.

Rektorning so‘zlariga ko‘ra, bu yildan “bunday bemazagarlarchiliklar”ga qarshi jiddiy kurash boshlangan. Xususan, Marahimovning yodga solishicha, universitetda bu yilgi kirish imtihonlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan.

Mavzuga doir: O‘zMUda boshqa abituriyentlarning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan “ziyoli snayperlar” qo‘lga tushdi, O‘zMUdagi “aqlli texnologiya” Zuhraning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan Fotimani aniqladi

“Hujjatlarni qabul qilishda firibgarliklarning oldini olish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni — yuzdan, barmoqdan tanuvchi texnologiyalarni qo‘lladik, imtihonlar vaqtida videokuzatuvni joriy qildik. Natijalar yaxshi bo‘ldi”, — deydi rektor. Shu bilan birga, bu kurashda jiddiy natijalarga erishish uchun “biroz vaqt” kerak, deb hisoblaydi O‘zMU rahbari.

Avazjon Marahimovning aytishicha, “bemazagarchiliklar”ga qarshi ishlar hozircha yetarlicha samara keltirmayotgan bo‘lsa, buning uchun barcha aybni oliy ta’lim muassasiga yuklash to‘g‘ri bo‘lmaydi.

“Vazirlik ham, OTMlar ham bilimsiz abituriyentlarning o‘qishga kirishidan manfaatdor emas. Bundan davlat iqtisodiyoti zarar ko‘radi… Tashqarida o‘qishga kirishda yordam ko‘rsatuvchi katta ‘sanoat’ hosil bo‘lgan. Bu ishga aralashmaydiganlar kam. Bu ishni kasbga aylantirib olishgan”, — deydi O‘zMU rektori.

Mavzuga doir: “‘Bunker’ orqali o‘qishga kirgan talaba — o‘qituvchiga berilgan besh yillik jazo aslida”. Oliy ta’lim “bunkerlar”dan manfaatdor emas

Rektorning ta’kidlashicha, abituriyentlardan qabul qilingan hujjatlar tahlil qilinganida, bir mahalladan 30 dan ziyod odam, xususan, ta’lim sohasiga aloqasi bo‘lmagan ayollar hujjat topshirgani aniqlangan.

Masalan, matematika fakulteti, axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishida bir mahalladan 30 dan ortiq kishi, ta’lim sohasiga aloqasi bo‘lmagan ayollar hujjat topshirgani aniqlandi — ularning 7 nafari bitta ko‘chadan. Abituriyentlar 30 guruhga taqsimlangan vaqtda, ularning har biri bittadan guruhga “yetaklovchi” (“parovoz”)ga aylanishi lozim bo‘lgan.

Men bu masalani hukumatga ko‘tarib chiqdim. Natijada, guruhlarni qayta shakllantirdik. Hozircha bunday holatlarning balki o‘ndan birining, balki yuzdan birining oldini olishga erishdik. Bunday holatlarning oldini olish uchun ommaviy axborot vositalari bilan bilan hamkorlikda kurash olib borishimiz kerak.

Avazjon Marahimov, O‘zMU rektori

O‘zMU rektori Sotsioligiya yo‘nalishiga o‘qishga kirishda kuzatilgan shubhali holat yuzasidan fikr bildirarkan, universitetda davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan test natijalarini bekor qilish vakolati yo‘qligini qayd etib o‘tdi.

Davlat test markazi natijalarini bekor qila olmaymiz. Lekin sentabr oyida ular bilan alohida ishlaymiz. Yozma ish olish yoki boshqa sinov ko‘rinishlarida ularning haqiqiy bilimini baholashimiz kerak. Biz buni qilamiz. Talabni kuchaytirsak, undaylar o‘z-o‘zidan sinovdan o‘ta olmay, o‘qishdan ketadi. O‘zlashtira olmagan talabalar nizom asosida talabalar safidan chiqariladi.

Avazjon Marahimov, O‘zMU rektori

Mavzuga doir: O‘zMUda ham TDIU kirish imtihonlaridagi kabi shubhali “tasodifiy holat” aniqlandi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют