» » Jurnalist ayol to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida suvga cho‘kib ketayotgan yuk mashina haydovchisini qutqarib qoldi (video)

Jurnalist ayol to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida suvga cho‘kib ketayotgan yuk mashina haydovchisini qutqarib qoldi (video)


Texasning KHOU 11 telekanalining boshlovchisi Brendi Smit “Xarvi” to‘foni oqibatida tuzoqqa tushib qolgan Robert ismli yuk mashina haydovchisini qutqarib qoldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri efir yozuvi Meetmissjoness’ning Twitter’dagi akkauntida e’lon qilindi va u bir sutka davomida 25 mingta “layk” hamda 12 mingta retvit yig‘di.

Incredible, watch as @BrandiKHOU flags down a rescue boat on-air, saving this truck driver's life https://t.co/EVvNbdt13k pic.twitter.com/3mYi9McniB

— Hayley Jones (@meetmissjoness) August 27, 2017

Videoda Smit sekin-asta suv ostiga cho‘kib ketayotgan, ichiga haydovchi qamalib qolgan yuk mashinasi payqab qolgani tasvirlangan. Jurnalist cho‘kayotgan odamni qutqarish uchun qayiqni shatakka olib ketayotgan sherif yordamchilarini to‘xtatib, ulardan yuk mashina haydovchisiga yordam berishlarini so‘ragan.

Mashable’ning xabar berishicha, qayiqdagi qutqaruv otryadi yuk mashinasi haydovchiga yordam ko‘rsatib, uni xavfsiz joyga olib o‘tgan. “Endi bemalol nafas olsam ham bo‘laveradi”, — deydi jurnalist.

“Xarvi” to‘foni Texasga 26-avgust kechasi yopirilgan. Avvaliga unga xavflilikning to‘rtinchi darajasi berilgan edi, biroq keyinroq tropik to‘fon darajasigacha pasaytirishgan. The New York Times’ning ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jabrlangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют