» » Zimbabveda motam marosimiga ketayotgan bir oilaning 14 nafar a’zosi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Zimbabveda motam marosimiga ketayotgan bir oilaning 14 nafar a’zosi YTH oqibatida halok bo‘ldi


Zimbabveda yuk mashinasining mikroavtobusga urilishi natijasida motam marosimiga ketayotgan 14 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda The Chronicle nashri xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, halokatga uchraganlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan. Ular Masvingo shahriga motam marosimiga ketayotgan edi. Halokat 8-mart kuni mahalliy vaqt bilan, taxminan, kech soat 22:00 da yuz bergan. YTH sababi aniqlanmagan, biroq guvohlardan birining ko‘rsatmalariga ko‘ra, yuk mashinasi mikroavtobusga urilganidan so‘ng chuqurga tushib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining ma’lumot berishicha, 13 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, omon qolgan besh kishi kasalxonaga jo‘natilgan. Ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют