» » AQShlik millioner ajrashish jarayoni avjiga chiqqan paytda o‘z rafiqasining o‘g‘irlab ketilishini tashkillashtirdi

AQShlik millioner ajrashish jarayoni avjiga chiqqan paytda o‘z rafiqasining o‘g‘irlab ketilishini tashkillashtirdi


AQShlik millioner tadbirkor uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan ajrashish jarayoni avjiga chiqqan paytda o‘z rafiqasining o‘g‘irlab ketilishini tashkillashtirdi, deb yozadi Forum Daily.

49 yoshli Lourens Maykl Xendli 11-avgust kuni, rafiqasi ikki nafar qurolli shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganidan keyin to‘rt kun o‘tgach, hibsga olindi. 15-avgust kuni millionerning rafiqasi sudga, uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i tashkillashtirgan o‘g‘rilik batafsil ta’riflab berilgan hujjatlarni taqdim etdi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Xendli ikki nafar jinoyatchini yollab, ularga rafiqasini o‘g‘irlash, bog‘lab qo‘yish va unga shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun zarur barcha buyumlarni taqdim etgan. O‘zi esa jinoyat uchun javobgarlikdan qochish uchun samolyot yollagan.

6-avgust kuni ular ayolni Luiziana shtatining Lafayett shahridagi uyidan o‘g‘irlab ketgan. O‘g‘rilar ayolni maxfiy joyga olib borishi va eriga topshirishi kerak bo‘lgan. Ammo ikki erkak tirbandlikdan qochish uchun yo‘l chetidan yurgani sababli, politsiya e’tiboriga tushgan. Politsiya ayolni ozod qilgan, jinoyatchilar esa politsiyadan qochishga urinib, kanalga cho‘kib ketdi, ularning jasadlari ertasi kuni topildi.

Ayolning so‘rovi bilan Xendlining u yashaydigan tumanga yaqin kelishi taqiqlab qo‘yildi.

Ushbu ish bo‘yicha sud sanasi hozircha belgilangani yo‘q.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют