» » O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yiniga eng arzon chiptalar 30 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yiniga eng arzon chiptalar 30 ming so‘mdan sotuvga chiqdi


5-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh—2018 saralashidan joy olgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, mazkur o‘yin uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Ularning eng arzoni 2-toifa chiptalar bo‘lib, 30 ming so‘mdan sotilmoqda.

Istovchilar 1-toifa chiptalarni 35 mingdan, CIP sektorlar uchun chiptani esa 60 mingdan xarid qilish imkoniyatiga ega. Ular “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotilmoqda.

O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yini 5-sentabr kuni 20:00 da start oladi. Unga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni Xitoyga qarshi safar o‘yinida ishtirok etadi.

Agar 31-avgust kuni O‘zbekiston Xitoydan mag‘lub bo‘lsa va koreyaliklar Seulda Eronni taslim qilsa, 5-sentabr kungi o‘yin JCh—2018 uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etmaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют