» » Facebook feyk xabarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi

Facebook feyk xabarlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi


Facebook bir necha marotaba yolg‘on xabarlar tarqatgan sahifalarni ijtimoiy tarmoqda reklama qilishni taqiqladi. Tegishli axborot 28-avgust kuni kompaniya blogida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ilgariroq Facebook mustaqil ekspertlar fikriga ko‘ra yolg‘on ma’lumotlarga ega deb topilgan postlarni reklama qilishni taqiqlagan edi. Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq feyk xabarlar tarqatilishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirib bormoqda, deyiladi xabarnomada.

2017-yil boshida Facebook jamoatchilik tanqididan so‘ng dezinformatsiyaga qarshi kurash kampaniyasini e’lon qilgan edi. Oxir-oqibat ijtimoiy tarmoq rahbariyati yangilik tahririyatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga va shu bilan birga feyklarga qarshi kurashda o‘z choralarini ko‘rib borishga qaror qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют