» » Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumat devoni matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

30-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida bo‘lajak tashrif muhokama qilingan. Telefon qo‘ng‘irog‘i o‘zbek tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Aripov Sapar Isakovni hukumat rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda chegara masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют