» » Bugun Ombudsman to‘g‘risidagi qonun yuridik kuchga kirdi

Bugun Ombudsman to‘g‘risidagi qonun yuridik kuchga kirdi


2017-yil 30-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (оmbudsman) to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi, deb xabar berdi Norma.

O‘zgartirishlar ombudsmanga kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron ko‘rinishda bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Ombudsman mustaqil ravishda o‘z huquqiy himoya vositalaridan foydalana olmaydigan shaxslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini o‘zining tashabbusi bilan tekshirishga haqlidir.

Shuningdek, ombudsmanga shikoyatlarni ko‘rib chiqishda qo‘shimcha vakolatlar berildi:

Hujjatga, shuningdek, ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillariga bag‘ishlangan alohida modda kiritilgan bo‘lib, bu ombudsman faoliyati samaradorligini yanada oshishiga xizmat qiladi.

Qonun ombudsman faoliyatining moddiy va boshqa ta’minotining Davlat budjetida alohida belgilanishini ham nazarda tutadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют