» » Myanmada budda ibodatxonasiga kirishda oyoq kiyimini yechishdan bosh tortgan rossiyalik ayol sudlandi

Myanmada budda ibodatxonasiga kirishda oyoq kiyimini yechishdan bosh tortgan rossiyalik ayol sudlandi


Myanmadagi qadimiy Bagan ibodatxona majmuasida bo‘lgan rossiyalik turist ayol diniy an’analarni buzgan holda kirishda oyoq kiyimini yechmagani uchun mahalliy sud tomonidan yetti oylik qamoq jazosiga hukm etildi. Ayol ushbu muxlatni mehnat koloniyasida o‘tkazadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“U oyoq kiyimini yechish lozimligidan ogohlantirilgan edi, bunga javoban ayol ibodatxonada oyoq kiyimini yechish majburiy ekanligini belgilovchi qonunni ko‘rsatishni talab qildi”, — ma’lum qildi Baganning eng qadimiy ibodatxonalaridan biri bo‘lmish Anandada ishlaydigan, voqeaga guvoh bo‘lgan ayol Myanmar Times nashriga bergan intervyusida.

Rossiyalik ayol ibodatxona vasiylik kengashi shikoyatiga ko‘ra hibsga olindi. U uchta mahalliy ibodatxonada o‘zini shunday tutganlikda ayblandi.

Aytilishicha, dastlab ayol 367 dollar jarima to‘lash yoki bir oy hibsda o‘tirishga hukm qilingan edi. Ammo u jarima to‘lashdan bosh tortdi. Shundan so‘ng ayolga nisbatan mahalliy immigratsion xizmat ham da’vo bilan chiqib, Myanma urf-odat va an’analariga behurmatlik ayblovi bilan belgilangan muxlatga yana yarim yil qo‘shtirishga erishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют