» » Boyqo‘ng‘irdan uchiriladigan Angolaga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshining parvozi 4-marta qoldirildi

Boyqo‘ng‘irdan uchiriladigan Angolaga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshining parvozi 4-marta qoldirildi


Angolaning Angosat nomli birinchi sun’iy yo‘ldoshi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 2017-yilning dekabr oyi boshida start oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Fregat SB” tezlashtiruvchi bloki bilan “Zenit” eltuvchi raketasi yordamida uchiriladigan Angosat aloqa yo‘ldoshining parvozi 2017-yilning noyabr oyidan 7-dekabrga qoldirildi. Parvozning kechiktirilishiga tashkiliy masala sabab bo‘lgan.

Avvalroq sun’iy yo‘ldoshning parvozi 2017-yilning yozida bo‘lishi rejalashtirilgan, keyin parvoz sentabr oyiga ko‘chirilgan, so‘ngra — oktabr oxiriga, keyin esa noyabrga qoldirilgan.

Angosat-1 geostatsionar aloqa yo‘ldoshi bo‘lib, “Energiya” raketa-kosmik korporatsiyasi tomonidan yasalmoqda va Angosat kompaniyasi tomonidan ishlatiladi. Bu Angolaning birinchi aloqa sun’iy yo‘ldoshi hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют