» » iPhone 8: iOS interfeysi yangi flagmanni deb jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi

iPhone 8: iOS interfeysi yangi flagmanni deb jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi


Bo‘lg‘usi iPhone 8 haqidagi barcha mish-mishlar Apple iOS’ning foydalanuvchi interfeysiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritganiga ishora qilmoqda. Home tugmasi olib tashlanib, ekran tepasiga kamera va smartfon datchiklari joylashgan kesim tushirilgach, bunga ehtiyoj tug‘ildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

iOS interfeysiga kiritiladigan ba’zi o‘zgartirishlar quyidagilar:

Dok: dok — ikonalar joylashgan quyi panel ostida Home tugmasi o‘rniga kichik “uy sohasi” bo‘ladi. Vazifalar paneli yoki dastur ichidagi ko‘pvazifalilik ekranini ochish uchun, “uy sohasi”ni ekran o‘rtasigacha kengaytirish mumkin bo‘ladi.

Ko‘pvazifalilik: ushbu interfeys dasturlarning mustaqil “kartochkalari” ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘ladi.

Holat satri: u ekran tepasidagi kesimdan boshlab ikki tomon bo‘ylab joylashgan ikki qismga bo‘linadi. Masalan, chapdagi qism vaqtni, o‘ngdagisi esa uyali tarmoq, Wi-Fi signali darajasini hamda qolgan avtonom ish vaqtini ko‘rsatadi.

Ishlab chiquvchi Stiv Troton-Smit qayta ishlangan holat satri va dok qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.

And what the 'iPhone 8' homescreen could look like — iPad-style Dock and edge-gesture indicator (via @charavel) pic.twitter.com/mA1Iv2Fq4G

— Steve T-S (@stroughtonsmith) August 30, 2017

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют