» » KXDR yadroviy jangovar kallakli qit’alararo ballistik raketani 2018-yilda yarata oladi

KXDR yadroviy jangovar kallakli qit’alararo ballistik raketani 2018-yilda yarata oladi


AQSh harbiylari taxmin qilishicha, KXDR to‘liq ishlaydigan qit’alararo ballistik raketani kelasi yil oxirigacha yaratishi mumkin. Bunday fikrni AQShning Tinch okeanidagi qo‘shinlari qo‘mondoni Garri Xarris bildirgan, deb yozadi “TASS”.

“Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadroviy jangovar kallakni tashishga qodir qit’alararo ballistik raketani 2018-yildayoq yarata oladi… Biz jiddiy inqiroz bilan to‘qnash keldik”, — dedi Koreya Respublikasi parlamentining mudofaa qo‘mitasi rahbari Kim Yon U. U avvalroq Garri Xarris bilan uchrashib kelgan edi.

Kim Chen In KXDR hokimiyati tepasiga kelgan 2011-yildan buyon mamlakat ballistik raketalarni taxminan 50 marta uchirdi. Bu Kim Chen Ir hukmronligi davridagidan (1994—2011) uch marta ko‘p demakdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют