» » Olmaotada USAID’ning “O‘sish istiqbollari: savdo, transport hamda meva-sabzavot ishlab-chiqarish sektori” nomli forumi bo‘lib o‘tadi

Olmaotada USAID’ning “O‘sish istiqbollari: savdo, transport hamda meva-sabzavot ishlab-chiqarish sektori” nomli forumi bo‘lib o‘tadi


AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID’ning “Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlarini tashkil etish” loyihasi) tomonidan “O‘sish istiqbollari: savdo, transport hamda meva-sabzavot ishlab-chiqarish sektori” nomli yettinchi Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkaziladi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyalar va eksportchilar uchun eng yirik xalqaro tadbir hisoblangan ushbu forum 2017-yilning 18—19-oktabrida Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Rixos mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Unda Markaziy Osiyo, Osiyo va Yevropaning 500 dan ortiq delegatlari, kompaniyalar boshliqlari, davlat sektori vakillari va soha ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ikki kun davom etadigan ushbu savdo forumi bu yil, jahon savdo bozorida raqobatbardosh o‘rinlarni mustahkamlash va hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida meva-sabzavot ishlab-chiqarish hamda transport va logistika sektorlaridagi kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi.

Bo‘lib o‘tadigan majlislarda meva-sabzavot mahsulotlarini bozorga chiqarish xarajatlarining kamayishiga ko‘maklashadigan yangi bozor talablari va innovatsiyalari ko‘rib chiqiladi. Alohida o‘tkaziladigan mutaxassislar majlisi yangi texnologiyalarni tadbiq etishga, shuningdek, qishloq xo‘jaligida dronlarni, konteynerlarga bosiladigan elektron muhrlarni, quyosh energiyasidan foydalanadigan uskunalarni, hamda chegaralarni boshqarish bo‘yicha bojxonalarga mo‘ljallangan telekameralarni qo‘llashga bag‘ishlanadi.

Savdo forumi doirasida ko‘rgazma tashkil qilinib, unda ishlab-chiqarish va transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida meva-sabzavot ishlab-chiqarish, transport va logistika sektorlaridagi yangi texnologiyalar, uskunalar va xizmatlar taqdim qilinadi. Biz, xalqaro me’yor talablari, amaliy chora-tabdirlar va zarur asboblarni tadbiq qilish bo‘yicha eskport masalalariga yo‘naltirilgan mahorat darslarini o‘tkazish orqali kichik va o‘rta biznesga amaliy yordam ko‘rsatamiz.

Butun hududda va uning tashqarisida mashhur bo‘lgan ushbu Markaziy Osiyo savdo forumining 6 yillik faoliyati davomida 25 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 4 000 dan oshiq davlat va xususiy sektorlar vakillari va soha ekspertlari qatnashishdi. O‘tgan yillarda o‘tkazilgan forumlar savdo masalalari bilan bog‘liq muammolarning yanada yaxshi tushunilishiga va hududda savdoning rivojlanishiga imkon yaratdi.

USAID’ning “Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlarini tashkil etish” loyihasi Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida eksport salohiyatini rivojlantirish hamda meva-sabzavot ishlab-chiqarish, transport va logistika sektorlarida ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Hududda kompaniyalarning raqobatbardoshligini rivojlantirish va savdo sohasidagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali, USAID agentligi xususiy sektorning barqarorlashuviga va raqobatbardoshligi oshishiga ko‘maklashadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют