» » Odil Ahmedov: Yo Koreyani yutishimiz yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak

Odil Ahmedov: Yo Koreyani yutishimiz yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak


O‘zbekiston termasining Xitoyga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatidan keyin jamoa sardori Odil Ahmedov intervyu berib, Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda futbolchilar muxlislar oldidagi qarzni uzishi kerakligini ta’kidladi.

O‘yin qiyin kechdi. Uchrashuvda bir necha qulay vaziyatlarga ega bo‘lganimizga qaramay, mag‘lub bo‘ldik. Chunki ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Shunday bo‘lgach, biz urmaganimizdan keyin, bizga gol urishadi-da.

So‘nggi bellashuvda bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Yo Koreyani yutib g‘alaba qozonishimiz yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak. Muxlislar oldida qarzimiz bor, shuni uzishga harakat qilamiz.

Odil Ahmedov, O‘zbekiston termasi sardori

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashidagi so‘nggi uchrashuvni 5-sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют