» » Odil Ahmedov jamoasi OChLda ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Oskar 2 ta penalti urolmadi

Odil Ahmedov jamoasi OChLda ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Oskar 2 ta penalti urolmadi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida mag‘lub bo‘ldi.

Yaponiyaning “Urava Red” klubi mehmoni bo‘lgan shanxayliklar birinchi bo‘lim so‘nggida gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘limda braziliyalik Oskar yaponiyaliklar darvozasi tomon belgilangan ikki penaltini ko‘kka sovurdi.

Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi va 82-daqiqada o‘z o‘rnini boshqa futbolchiga bo‘shatib berdi.

“Shanxay SIPG” bunga qadar o‘tkazilgan har uchala o‘yinni o‘z foydasiga hal qila olgandi. Mazkur mag‘lubiyatidan keyin klub turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib qoldi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“F” guruhi. 4-tur
11-aprel, seshanba

Gol: Rafael Silva, 44 (1:0).
Noaniq penaltilar: Oskar, 65 (Sh). Oskar, 76 (Sh).

Опубликовано: admin (11-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют