» » Ahmedov va “Shanxay SIPG” Yaponiya klubini ham mag‘lub etdi. Odil golli uzatma berdi

Ahmedov va “Shanxay SIPG” Yaponiya klubini ham mag‘lub etdi. Odil golli uzatma berdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi g‘alabali yurishini davom ettirdi.

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida “Shanxay SIPG” va Yaponiyaning “Urava Red” klublari 6 tadan ochko jamg‘arib turgandi. 15-mart kuni kunchiqar yurt jamoasi Shanxayga tashrif buyurdi.

Bellashuvda Andre Villash-Boash Oskar, Xalk, Elkesen va Odil Ahmedov kabi legionerlarni maydonga tushirdi. Hisob 53-daqiqaga kelib yirik ko‘rinish oldi. Elkesen va Xalk 1 tadan gol urgan bo‘lsa, Ahmedov golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘yin yakuniga qadar yaponiyaliklar ikkita gol urib, hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq durang natijaga erishish ularga nasib qilmadi.

Shu tariqa “Shanxay SIPG” 3-turdan keyin guruhning yaqqol peshqadami bo‘lib o‘ldi. O‘zbekistonning ikki klubi o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov guruhdan chiqish vazifasini anchagina uddalab qo‘ydi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“F” guruhi. 3-tur
15-mart, chorshanba

Gollar: Shi Ke, 10 (1:0). Elkesen, 45 (2:0). Xalk, 53 (3:0). Rafael Silva, 72-pen (3:1). Vataru Endo, 84 (3:2).
Chetlatish: Shinzo Koroki, 90+1 (U).

Опубликовано: admin (16-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют