» » “Babayanning faoliyatidagi yagona to‘g‘ri qarori”. Ignatiy Nesterov — mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yindagi qahramon

“Babayanning faoliyatidagi yagona to‘g‘ri qarori”. Ignatiy Nesterov — mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yindagi qahramon


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni JCh—2018 saralashi doirasida safarda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 1:0 hisobida xitoyliklar g‘alabasi bilan yakunlandi — g‘alaba to‘pi penaltidan kiritildi.

Mavzuga doir: Xitoy — O‘zbekiston 1:0. Matnli onlayn

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Ignatiy Nesterov penaltidan yo‘llangan zarba yo‘nalishini topdi, biroq uning yo‘liga to‘la g‘ov bo‘la olmadi.

Baxtga qarshi, Nesterov penaltilar qaytarish bo‘yicha hech qachon mutaxassis bo‘lmagan, biroq og‘ir o‘yinlarda qahramonlik ko‘rsatish — uning yo‘nalishi. Agar o‘yin O‘zbekiston g‘alabasi bilan tugaganida, Nesterov o‘yinning birinchi raqamli qahramoni bo‘lardi, shubhasiz.

Mavzuga doir: Marchello Lippi shogirdlari Samvel Babayan jamoasini ham mag‘lub etdi

Adolat bo‘lsin uchun qayd etish joiz, Nesterov ham o‘yinni butun jamoadoshlari kabi hayajon bilan boshladi, shu sababli ham o‘yin boshidayoq aynan o‘zining aybi bilan o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishi mumkin edi.

Biroq bundan keyingi deyarli barcha vaziyatlarda Ignatiy Nesterov haqiqiy ma’noda qahramonlik ko‘rsatdi — jamoadoshlarining penaltigacha bo‘lgan barcha xatolarini mardonavor bartaraf etdi.

O‘yin boshida butun jamoa qatori Ignatiy Nesterovni ham ayovsiz tanqid qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘yin intihosiga kelib uni darvozaga qo‘yish — Babayanning milliy termadagi faoliyati davomida yagona to‘g‘ri qarori, deb ham ta’rifladi.

Бабаянни тактикаси маьлум бўлди. Нестеровни асосийга уйнатиш экан. #Gouzb

— Комилжонов (@KomiljonovHusan) August 31, 2017

Bugun Babayanning taktikasini faqat Nesterov tushunmabdi. Chunki faqat u yaxshi o‘ynayapti #GoUzb

— Rico (@_ishonuvchan) August 31, 2017

Нестеров – молодец!

— Sher (@sherabdugapirov) August 31, 2017

Телевизорга ?ачон ?арасам Нестеров сэйв ?ивотган бўлади

— Афиналик Тимон (@timonus23) August 31, 2017

Нестеров ха?и?атдан хам энг зўрлигини кўрсатмо?да. pic.twitter.com/38XqYOSBjh

— Javlon Nazarov (@DrJavlon) August 31, 2017

Ишонинг, Нестеровни со?инган эканмиз

— Му?аммад Темур Аъзам (@TemurAzam) August 31, 2017

Nesterov bo?lmaganda 5:0 bo?lardi

— Bahriddin Inamov (@o2b3k) August 31, 2017

Бабаян терма жамоа мураббийлигида бир марта тў?ри иш ?илди бугунги ўйинда Нестеровни тушуриб. #GoUzb

— Farhod Norbutayev (@Samarqandiy) August 31, 2017

Mavzuga doir:
— So‘rovnoma: Xitoydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qanday fikrdasiz?
— Videogalereya: Xitoy — O‘zbekiston o‘yinidan olingan esda qolarli vaziyatlar
— Odil Ahmedov: Yo Koreyani yutishimiz yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют