» » Bukingem saroyi yaqinida qo‘lida qilich bilan ushlangan shaxs terrorchilikd ayblandi

Bukingem saroyi yaqinida qo‘lida qilich bilan ushlangan shaxs terrorchilikd ayblandi


Britaniya politsiyasi o‘tgan hafta Bukingem saroyi yaqinida 1,2 metr uzunlikdagi qilich bilan qo‘lga tushgan erkakni terrorchilikda aybladi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Aytilishicha, Lutonda istiqomat qiluvchi 26 yoshli Moxyussunnat Chudxari bir necha kundan so‘ng Vestminster magistratlik sudi oldida javob beradi.

25-avgustning kechki soatlarida erkak Bukingem saroyi yaqinidagi taqiqlangan yerda mashinasini qo‘yib ketgan edi. Shu atrofda turgan politsiya mashinasi ichidagi huquq-tartibot xodimlari buni payqab, uni to‘xtatishga urindi. Erkak ikki marta “Allohu akbar”” deb qichqirib, avtomobil tomon yugurdi. Mashina ichida qilich bo‘lgani, Chudxari uni olishga uringani aniqlandi.

Politsiyachilar ko‘zni yoshlantiruvchi gaz yordamida uni zararsizlantirib, qo‘lga oldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют