» » AQShda “Xarvi” to‘foni tufayli uylarini tark etgan odamlar soni milliondan oshdi

AQShda “Xarvi” to‘foni tufayli uylarini tark etgan odamlar soni milliondan oshdi


AQShda “Xarvi” to‘foni tufayli uylarini tark etgan odamlar soni milliondan oshdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Texas shtatidagi eng yirik shahar — Xyuston ham kiradigan Xarris okrugining (aholisi — 4,6 million kishi) 75 foiz hududi suv ostida qolib ketdi. Bu yerda suvning balandligi 45 santimetrga yetadi. Texas va Luiziana shtatlarida 160 ming uy elektr ta’minotisiz qolmoqda.

Moody’s Analytics kompaniyasi hisob-kitoblariga qaraganda, to‘fon Texas shtati iqtisodiyotiga yetkazgan zarar 51–75 milliard dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

Texas AQShning neft sanoati markazi hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют