» » 2-sentabr kuni O‘zbekistonda 650 mingdan ortiq bola birinchi sinfga qadam qo‘ydi

2-sentabr kuni O‘zbekistonda 650 mingdan ortiq bola birinchi sinfga qadam qo‘ydi


Bugun, 2-sentabr kuni O‘zbekistondagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. Barcha maktablarda Mustaqillikning 26-yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” hamda Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslarga adib va shoirlar, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mahalla faollari keng jalb etildi, deb xabar berdi O‘zA.

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida 10-sinflar tashkil etildi, o‘quvchilarning intilishiga qarab ular maktab, kollej, akademik litseylarda ta’limni davom ettirishi uchun sharoitlar yaratildi. Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 10—11-sinflar uchun yangi o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib, ular asosida 18 nomdagi darsliklar yaratildi. O‘quv rejaga ko‘ra 10-sinf o‘quvchilari haftada besh kun umumta’lim fanlarini va bir kun kasbga oid fanlarni o‘rganishi belgilandi.

Pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, akademik litsey va kollejlar fan o‘qituvchilarini jalb etish hamda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning dars yuklamasini oshirish hisobidan qoplanmoqda.

Bu yil 482 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Maktablarni yangi o‘quv yiliga hozirlash jarayonida ulardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini puxta o‘rganish, mavjud kamchiliklarni mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etishga jiddiy e’tibor qaratildi.

O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida joriy yilda axborot-resurs markazlari va umumta’lim maktablari kutubxonalariga 28 nomdagi 1,2 million badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar va rang-barang ma’rifiy kitoblar yetkazildi.

Bu yil 1-sinflarga qabul qilingan 650 mingdan ortiq o‘quvchi uchun “Prezident sovg‘asi” – 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to‘liq yetkazildi. Ular maktabga ilk marta qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlarga tantanali topshirildi.

Mavuzga doir: Fotogalereya: Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq yangradi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют