» » Ukrainada Mixail Saakashvilining ukasi qo‘lga olindi

Ukrainada Mixail Saakashvilining ukasi qo‘lga olindi


Ukraina huquq-tartibot organlari Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyati ma’muriyatining sobiq rahbari Mixail Saakashvilining ukasi Davidni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ilya Kivning sobiq maslahatchisi “112 Ukraina” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“Mixail Saakashvilining ukasi mamlakatda qolish tartibini buzganligi uchun qo‘lga olindi. Immigratsion xizmat va politsiya uni qo‘lga oldi hamda deportatsiya qilib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — dedi u.

Ukasi qo‘lga olinganligi haqidagi ma’lumotni Mixail Saakashvilining o‘zi ham tasdiqladi.

“Bugun tongda ukam David Saakashvili Kiyevdagi uyidan chiqqanida IIV vakillari tomonidan qo‘lga olingan va noma’lum yo‘nalishda olib ketilgan”, — deya siyosatchi Facebook’dagi sahifasida yozuv qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 26-iyul kuni Mixail Saakashvilining Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinganligi ma’lum bo‘lgandi. Bunga u o‘z hujjatlarida Gruziya tomonidan sirtdan hibsga olinish bo‘yicha qarorni ko‘rsatmaganligi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Mixail Saakashvili 10-sentabr kuni Krakovets bojxona punkti orqali Ukrainaga qaytishini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют