» » Boks, JCh—2017. Jasurbek Latipov ham finalda kubalik raqibiga imkoniyatni boy berdi

Boks, JCh—2017. Jasurbek Latipov ham finalda kubalik raqibiga imkoniyatni boy berdi


Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha 2017-yilgi jahon chempionati finalida o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veytiaga imkoniyatni boy berdi.

52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqqan Jasurbek Latipov, hakamlar qaroriga ko‘ra, raqibiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Latipov umuman jangni yomon o‘tkazmadi, biroq so‘nggi raundda nokdaun holatiga tushib qoldi.

Ma’lumot uchun, Jasurbek Latipov 2013-yili bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida ham kumush medal sohibiga aylangan edi.

Avvalroq 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bokschilar finalida o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatining kumush medali bilan kifoyalangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 111) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют