» » Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillikning 26 yilligi bilan qutladi

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillikning 26 yilligi bilan qutladi


O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni va Sizning timsolingizda qardosh o‘zbek xalqini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Turkmaniston xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Turkmaniston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar yuqori darajada ekanini va bu aloqalar izchil rivojlanib, yanada mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Mamlakatlarimizning davlatlararo muloqotni yanada kengaytirishga bo‘lgan qat’iy yondashuvi xalqlarimiz manfaatiga mosdir.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston Respublikasi xalqiga  tinchlik va yanada farovonlik tilayman.

Samimiy hurmat bilan,

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 

Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Souza 

Gretsiya Respublikasi Prezidenti Prokopis Pavlopulos

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют