» » Karlush Keyrush: Eron termasi futbolchilariga mukofot puli yo‘q. Ular tarixda qolish uchun javlon uryapti

Karlush Keyrush: Eron termasi futbolchilariga mukofot puli yo‘q. Ular tarixda qolish uchun javlon uryapti


Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yinda qayd etilgan golsiz durangdan so‘ng OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Seuldagi o‘yinda eronlik futbolchilar yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida bir kishi kamroq harakat qilgan bo‘lsa-da, yakunda baribir darvoza dahlsizligi saqlab qolindi.

Vaholanki Eron JCh chiptasini allaqachon qo‘lga kiritib bo‘lgandi, deb yozdi OFK sayti. Shunga qaramay forslar “A” guruhidagi yurishni davom ettirish uchun harakat qildi.

Men bu uchrashuvni biz uchun katta o‘yin deb ayta olmasdim. Shunga qaramay, unda haqiqiy jang bordi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bir kishi kam qolganimizdan so‘ng shogirdlarim bilan faxrlanishni boshladim. Ular jamoa sifatida o‘sayotganliklarini, birdamligimiz ortib borayotganini ko‘rsata olishdi.

Biz saralashni mag‘lubiyatsiz yakunlash haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Shunchaki o‘yindan-o‘yinga rivojlanib borishimiz kerakligini tushunamiz. Shuning uchun ham yaxshi himoyalanishga, hujumda ham faol bo‘lishga harakat qildik. Bu o‘yinda futbolchilarim o‘ziga xos harakter ko‘rsata oldi.

Karlush Keyrush, Eron termasi bosh murabbiyi

Erondagi 6,5 yili davomida Karlush Keyrush mamlakat bosh jamoasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Uning boshqaruvida forslar ketma-ket ikki bor mundialda to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Eron termasi FIFA reytingida Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirib, qit’aning eng oldi futbol jamoasiga aylanib oldi.

Forslar JCh—2018 saralashining 6 uchrashuvida zafar quchdi va 3 ta o‘yinni durang bilan yakunladi. 9 ta o‘yin davomida Eron birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

Futbolchilar o‘zlarining hayotlari uchun, tarixda qolish uchun, o‘z g‘ururlari uchun javlon urishmoqda. Jahon eronlik futbolchilarning bu jasorati haqida gapirishi ularning ruhiyatini ko‘taradi va shunday bo‘lishi ham kerak. Axir eronliklar hech qanday rag‘bat va mukofot pullarisiz shunga muvaffaq bo‘lishdi. Men hayotim davomida ular kabi yigitlarni ko‘rmaganman.

Karlush Keyrush, Eron termasi bosh murabbiyi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют