» » Mett Deymon Tramp ishtirokidagi filmlar soni ko‘pligiga izoh berdi

Mett Deymon Tramp ishtirokidagi filmlar soni ko‘pligiga izoh berdi


Donald Tramp o‘ziga tegishli binolarda tasvirga olish uchun ruxsat berish evaziga filmlarda rol berilishini talab qilgan. AQSh prezidentining rollari soni ko‘pligini qisman shu bilan izohlash mumkin. Bu haqda aktyor Mett Deymon The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.

Deymonga ko‘ra, shunday kelishuvga muvofiq Tramp hatto 1992-yilda ekranlarga chiqqan Al Pachino ishtirokidagi “Ayol tarovati” filmida ham qatnashgandi. Biroq biznesmen tasvirga tushgan lavha yakuniy montajda qirqib tashlanadi.

“Ish kunidan bir soatni keraksiz suratga olishga sarflashga to‘g‘ri kelardi. Bu jarayonda uni albatta nomini aytib chaqirish shart edi. Trampni tasvirga olish yakunlanganidan keyin esa u ishtirok etgan sahnani olib tashlasa ham bo‘lardi. ‘Uyda yolg‘iz 2’ yaratuvchilari esa bunday lavhasini saqlab qolishga qaror qilgan ko‘rinadi”, — hikoya qiladi aktyor.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют