» » GM Uzbekistan: Avtomobillarning yangi narxlari Prezidentning 2-sentabrdagi farmonidan kelib chiqib belgilanadi

GM Uzbekistan: Avtomobillarning yangi narxlari Prezidentning 2-sentabrdagi farmonidan kelib chiqib belgilanadi


GM Uzbekistan axborot xizmati “Daryo” internet-nashri so‘roviga javob berarkan, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning narxlari o‘zgarishini bilvosita tasdiqladi.

“GM Uzbekistan avtomobillari narxlari shakllanishi masalasi doimiy nazoratda bo‘lib, avtomobillar narxlari O‘zbekiston Prezidentining 2-sentabrdagi ‘Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi farmonida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib belgilanadi”, — deya qisqa javob berdi GM Uzbekistan axborot xizmati.

Ayni vaqtda, GM Uzbekistan kompaniyasi axborot xizmati avtomobillarning yangi qiymatlari qanday bo‘lishi, yangi narxlar qachon va qanday mexanizmlar asosida belgilanishi haqidagi tafsilotlarni ma’lum qilmadi.

Mavzuga doir: GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z xizmatlarining so‘mdagi joriy narxlarini “muzlatishi” kutilmoqda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют