» » Human Rights Watch delegatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va Xalq qabulxonasida bo‘ldi

Human Rights Watch delegatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va Xalq qabulxonasida bo‘ldi


Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekistonda bo‘lib turgan delegatsiyasi a’zolari Ichki ishlar vazirligida bo‘lib, tizim faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda. 

Ularga Ichki ishlar vazirining virtual qabulxonasi va ishonch telefonlari, vazirlik, uning hududiy bo‘limlari saytlari faoliyati xususida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar ichki ishlar organlari tizimida, jumladan, jazoni o‘tash muassasalarida mahkumlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishtirildi. 

Muloqotlar davomida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarining ayrim moddalari xususidagi qiziqishlarini bildirdi. Ularga mazkur huquqiy hujjatlar va unda belgilangan me’yorlar haqida ham tushunchalar berildi. 

Human Rights Watch Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘linmasi direktori Xyu Uilyamson va tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi direktori Stiven Sverdlov Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют