» » Atlantikadan o‘tayotgan “Xose” to‘foni to‘rtinchi kategoriyagacha kuchaydi

Atlantikadan o‘tayotgan “Xose” to‘foni to‘rtinchi kategoriyagacha kuchaydi


Atlantika okeani ustidan o‘tayotgan “Xose” to‘foni Saffir­­­ — Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi kategoriyaga qadar kuchaydi. Bu haqda to‘fonlardan ogohlantirish bo‘yicha AQSH milliy markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

To‘fon Shimoliy Shamol orollaridan 700 kilometr janubi-sharqroqda. Shamol tezligi soatiga 240 kilometrdan oshmoqda.

“Xose” sharqqa, Karib havzasi tomon siljimoqda. U yerda ayni paytda “Irma” to‘foni avjiga chiqmoqda.

“Irma” to‘foni muqaddam AQShning Texas shtatini vayron qilgan “Xarvi” to‘fonidan ham kuchli bo‘lib, Karib havzasidagi qator davlatlar va hududlarga tahdid solmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют