» » Shavkat Mirziyoyev Meksika prezidentiga hamdardlik izhor qildi

Shavkat Mirziyoyev Meksika prezidentiga hamdardlik izhor qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev meksikalik hamkasbi Enrike Penya Nyetoga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktubda “Meksika janubidagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi” deyilgan.

O‘zbekiston rahbari butun Meksika xalqiga, nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, shuningdek, barcha jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayishni tiladi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Meksikadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 90 kishidan oshgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют