» » Foto: iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi


AQShning Apple kompaniyasi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari prezentatsiyasini o‘tkazdi. Gadjetlar o‘tgan yilgi iPhone 7 smartfonlar qatorining modifikatsiyasidan iborat, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Yangi modellar shishali orqa panellarga, A11 protsessoriga va simsiz quvvatlantirish texnologiyalariga ega bo‘ldi. Qolgan jihatlari oldingi smartfonlardan uncha farq qilmaydi.

Yangi uskunalar 3,5 millimetrli standart naushnik ulagichga ega emas, lekin oddiy naushniklarni Lightning portiga ulaydigan kabel-adapterga ega.

Katta model gorizontal qo‘shkameraga ega bo‘lib, uning yechimi 12 megapikseldir. Kichik modelda yakka kamera joylashgan.

iPhone kamerasidagi asosiy yangiliklardan biri u 4K formatida video olib, sekundiga 60 kadr olishidadir. Shuningdek, u Portrait Lighting rejimida ishlaydi, bu portret syomkasida fonni qoraytirish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют