» » Dunyoning sakkiz nafar eng boy odami 8 mlrd dollarga boyidi

Dunyoning sakkiz nafar eng boy odami 8 mlrd dollarga boyidi


Forbes global reytingida birinchi sakkizta pog‘onani egallagan biznesmenlar bir kecha-kunduzdan kamroq vaqt ichida 8,3 milliard dollarga boyidi, deb yozadi Forbes.

Reyting yetakchisi — Microsoft asoschisi Bill Geyts — o‘z davlatini 27 million dollarga ko‘paytirib, 85,3 milliard dollarga yetkazdi. Bunga kompaniya aksiyalari 12 sentabr kuni 1,05 foizga, 74,7 dollargacha qimmatlashgani sabab bo‘ldi.

Amazon aksiyalari narxi ham oshmoqda — ular 1,25 foizga — 977,9 dollargacha yetdi. Natijada Jeff Bezos o‘z boyligini 83,3 milliard dollargacha ko‘paytirdi.

Zara brendi asoschisi Amansio Ortega bir kunda 2,2 milliard dollarga boyidi, ammo 82,2 milliard dollar bilan hamon uchinchi o‘rinda qolmoqda.

Shuningdek, Uorren Baffet 926 millionga (76,4 milliard dollar), Facebook asoschisi Mark Sukerberg 1 milliardga (72,1 milliard dollar), meksikalik magnat Karlos Slim 661 millionga (70,1 milliard dollar), Oracle direktori Larri Elliso 975 millionga (63,5 milliard dollar), Fransiyaning eng boy fuqarosi Bernar Arno 1,3 milliardga (58,4 milliard dollar) boyidi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют