» » Jeff Bezos bir kunda dunyoning eng boy kishisi maqomini boy berdi

Jeff Bezos bir kunda dunyoning eng boy kishisi maqomini boy berdi


Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezos bir sutkaga ham yetmagan vaqt mobaynida dunyoning eng boy kishisi maqomini boy berdi: u Forbes va Bloomberg reytingida yana ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Bunga kompaniyaning joriy yil ikkinchi choragi hisoboti e’lon qilinishi sabab bo‘ldi. Hisobotga ko‘ra, Amazon tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga o‘sdi va 38 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, sof foyda 77 foizga kamaydi va 197 dollardan iborat bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragi yakunida bu ko‘rsatkich 857 million dollarga teng edi.

Mazkur hisobot e’lon qilinishi fonida Amazon aksiyalari 1083,31 dollardan 1014 dollarga tushdi. Bezosning mol-mulki 89,3—89,8 milliard dollargacha pasaydi. U dunyodagi eng boy inson deb topilgan 28-iyulda bu ko‘rsatkich 91 milliard dollargacha ko‘tarilgandi.

Bu boradagi yetakchilik yana Microsoft asoschisi Bill Geytsga qaytdi (90,7 milliard dollar).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют