» » Facebook’da atrofi chiqindilarga to‘lib ketgan Chorvoq suv omborining suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Facebook’da atrofi chiqindilarga to‘lib ketgan Chorvoq suv omborining suratlari paydo bo‘ldi (foto)


Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Vera Grigoryeva ismli foydalanuvchisi o‘z sahifasiga Toshkent shahridan 70 kilometr narida joylashgan, Bo‘stonliq tumaniga qarashli Chorvoq suv omborining atrofi chiqindilarga to‘lib ketganini isbotlovchi suratlarni joylashtirdi.

Uning yozishicha, shamol ushbu chiqindilarni tepaklik bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa qarab uchurib tashlagani sabab bir kilometrga yaqin hudud qora va oq polietilen paketlarga to‘lib ketgan. Bu yer nafaqat polietilen paketlarni, balki ichimliklar idishlarini, qurilish mollari chiqindilari, shuningdek, qo‘ylarning yungi-yu suyaklarini uchratish mumkin.

Ushbu post ostida bildirilgan izohlarga ko‘ra, bu kabi holatni suv omborining boshqa chekkalarida ham uchratish mumkin. Ayol jamoatchilikni bu kabi ifloslanishlarga qarshi kurashishga chaqirgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют