» » Xonobodda o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan “Moskvich” yonib ketdi

Xonobodda o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan “Moskvich” yonib ketdi


2017-yilning 11-sentabr kuni soat 17:42 da Andijon viloyati Xonobod shahridagi yong‘in xavfsizligi qismiga “Anhor” mahalla fuqarolar yig‘inining Do‘stlik ko‘chasida avtomashina yonayotgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmasi soat 17:44 da voqea joyiga yetib keldi va 17:50 da yong‘in o‘chirildi. Yong‘in oqibatida, 1984-yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-2140” rusumli avtomashinaning motor va salon qismi zararlangan.

Yong‘in avtomashinaning motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
“Bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida, haydovchilarga avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishlarini tavsiya qilamiz” — deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют