» » Afg‘oniston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalar O‘zbekiston orqali qayta tiklanadi

Afg‘oniston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalar O‘zbekiston orqali qayta tiklanadi


Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi vakillari (ASSP) Xitoy bilan temir yo‘l aloqasi uch oy oldin to‘xtatilgani haqidagi bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi “1news.uz”.

Yuk aloqalarining bekor qilinishi ushbu yo‘nalish xizmat ko‘rsatuvchi Xitoyning vakolatli kompaniyasi faoliyatini to‘xtatilishi bilan bog‘liq. “Kompaniya vakillariga murojaat qilganimizda, tranzit o‘tish nuqtalari va infratuzilma yetishmovchiligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar asosiy to‘siq bo‘layotganini ma’lum qilishdi”, — dedi ASSP rahbari Atikulla Nuzrat.

Shu bilan birga, Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi Xitoy bilan savdo aloqalarini O‘zbekiston ko‘magida muqobil yo‘nalishlar orqali qayta tiklash umidida ekanligini bildirdi.

Aloqalarining to‘xtab qolganligini asosiy sababi — Xitoy hukumatining importni amalga oshirishi lozim bo‘lgan kompaniya uchun va’da qilingan subsidiyalarni taqdim etmaganligi. ASSP vakili Musafir Kokandi afg‘on hukumati tovarlar tranziti borasida O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tilishiga, Afg‘oniston prezidenti yoki yuqori toifali afg‘on mansabdorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida hal qilinishidan umidvor ekanligini bildirdi.

“Afg‘oniston.ru” ma’lumotlariga ko‘ra, yuklarni O‘zbekiston va Qozog‘iston hamda “Hayraton” savdo porti orqali jo‘natish bir-biridan keskin farq qiladi, birinchi holatda ushbu muddat 2 oyni tashkil etsa, ikkinchisida 12 kunga teng. ASSP vakillari afg‘on hukumatini muammoni hal etish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishga chaqirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют