» » 17—21-aprel kunlari Dushanbeda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarining yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

17—21-aprel kunlari Dushanbeda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarining yarmarkasi bo‘lib o‘tadi


2017-yil 17—21-aprel kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi “Poytaxt-90” savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari mahsulotlarining birinchi ko‘rgazmali yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazma-yarmarka Tojikiston hamda O‘zbekiston hukumatlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi ko‘magi ostida bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir.

Ko‘rgazma-yarmarkaning maqsadi O‘zbekiston hamda Tojikiston hukumatlararo komissiyasining IV majlisi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar — tenglik tamoyillariga asoslangan va o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, investitsiyalar, texnika xa texnologiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, sheriklar topishni amalga oshirishdan iborat. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют