» » KXDR Yaponiyani cho‘ktirib yuborish va AQShni quturgan itni kaltaklagan kabi kaltaklash bilan tahdid qildi

KXDR Yaponiyani cho‘ktirib yuborish va AQShni quturgan itni kaltaklagan kabi kaltaklash bilan tahdid qildi


Shimoliy Koreya rasmiylari Pxenyanga qarshi yangi sanksiyalar kiritilgani uchun Yaponiyani cho‘ktirib yuborish va AQShni quturgan itni kaltaklagan kabi kaltaklash bilan tahdid qildi. Bu haqda KXDR hukumati vakilining bayonotiga tayanib, KCNA agentligi xabar berdi.

“Yadro bombalar bilan Yaponiya arxipelagidagi ko‘rimsiz to‘rtta orolni cho‘ktirib yuborish kerak. Yaponiya bizning yonimizda mavjud bo‘lishi kerak emas”, — deyilgan bayonotda.

Bundan tashqari, hujjatda “AQShni kulga aylantirish”ga chaqiruvlar ham mavjud. “KXDR armiyasi va xalqi yakdillik bilan AQShni, sanksiyalar haqida rezolyutsiya ishlab chiqaruvchi asosiy dushmanni quturgan itni o‘ldirgan kabi tayoq bilan yo‘q qilish kerakligini qat’iyan tasdiqlaydi”, — deya bayonotdan parcha keltirgan agentlik.

Agentlik Milliy yarashtirish kengashi vakilining bayonotiga tayangan holda yozishicha, vakil Janubiy Koreya KXDRning ogohlantirishlari haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytgan, chunki ogohlantirishlar ortida shubhasiz amaliy harakatlar bor.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют