» » Rasman: Google Pixel 2 smartfonlari taqdimoti haqida noodatiy usulda e’lon qildi

Rasman: Google Pixel 2 smartfonlari taqdimoti haqida noodatiy usulda e’lon qildi


Google kompaniyasi 4-oktabr kuni yangi qurilmalari taqdimoti bo‘lib o‘tishi haqida noodatiy tarzda e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Buning uchun Google oddiy taklifnomalar yoki OAV uchun press-reliz tarqatmadi, balki internetga o‘ziga xos videorolik joyladi, videoda Google qidiruv satri aks etgan bo‘lib, unda foydalanuvchilar o‘z smartfonlariga aloqador muammolar haqida so‘ragan: “telefonimning batareyasiga nima bo‘lgan?”, “nima uchun telefonim bunday xira suratlarni olyapti?” va shunga o‘xshash boshqa savollar.

Rolik so‘nggida “Haliyam savol berayotganingiz g‘alati” degan yozuv va 4-oktabr sanasi ko‘rsatiladi. Google qo‘shimchasiga Ask More nomli saytni ham ishga tushirdi, u 4-oktabrdagi muhim voqeani o‘tkazib yubormaslik uchun o‘z elektron qutisini kiritishni taklif etadi.

Shuningdek, Bostonda Google logotipi va “O‘z smartfoningiz haqida ko‘proq savol bering” degan yozuv tushirilgan reklama taxtasi paydo bo‘ldi.

Google o‘z taqdimotida Pixel 2 va Pixel XL 2 smartfonlarini namoyish qilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют