» » AQShda eng bema’ni ilmiy yutuqlar uchun Shnobel mukofotlari topshirildi

AQShda eng bema’ni ilmiy yutuqlar uchun Shnobel mukofotlari topshirildi


AQShda 14-sentabr kuni eng bema’ni ilmiy yutuqlar va nostandart g‘oyalar uchun beriladigan Shnobel mukofotlari (Ig Nobel Prize) topshirildi, deb yozadi “TASS”. 27-an’anaviy mukofotlarni topshirish marosimi Massachusets shtatidagi Garvard universitetida bo‘lib o‘tdi.

Tinchlik bo‘yicha Shnobel mukofoti Syurix universiteti olimlariga nasib qildi. Ular Avstraliya aborigenlarining dijerida puflab chalinadigan musiqiy asbobini chalish xurrak otishdan xalos bo‘lish va yaxshi uxlashga yordam berishini isbotlagan.

Iqtisodiyot sohasidagi mukofotni avstraliyalik Mettyu Rokloff va Nensi Grir qo‘lga kiritdi, ular qimor o‘ynovchilar biroz vaqt timsoh yoki boshqa har qanday xavfli hayvonni qo‘lida ushlab turgach, yanada ko‘proq pul tikishini isbotladi.

Odam 30 yoshga to‘lganidan keyin har o‘n yillikda uning qulog‘i taxminan 2 millimetrga kattalashib borishini aniqlagan britaniyalik Jeyms Xitkout anatomiya sohasidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, mukofotlar ba’zi odamlarning miyasida pishloqning hidi va ta’miga nisbatan nafrat qo‘zg‘atuvchi alohida soha borligini isbotlagan fransiyalik neyrobiologlar hamda egizaklarning ko‘pchiligi fotosuratlarda bir-birini ajrata olmasligini aniqlagan italiyalik olimlarga topshirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют