» » Iroqda sodir bo‘lgan ikkita terakt oqibatida 74 kishi halok bo‘ldi

Iroqda sodir bo‘lgan ikkita terakt oqibatida 74 kishi halok bo‘ldi


Iroq janubidagi Dir-Kar viloyatida sodir bo‘lgan ikkita terakt oqibatida 74 kishi halok bo‘ldi, yana 93 kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘arb OAVlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Uyushtirilgan terakt bo‘yicha barcha mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, harbiylar kiyimini kiyib olgan jangarilar yo‘l bo‘yidagi kafega kirgan va hammani o‘qqa tuta boshlagan. Shundan so‘ng ular turli mashinalarga o‘tirib, Dir-Kar va Mutanna viloyatlari o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktiga yo‘l olgan — u yerda jangarilar avtomobillardan birini portlatib yuborgan.

RT telekanalining xabar berishicha, terrorchilar uch yoki to‘rt kishi bo‘lgan. Ularning ikki nafari nazorat punkti yonida portlagan avtomobil ichida halok bo‘lgan. Telekanalning takidlashicha, qurbon bo‘lganlarning aksariyati ziyoratchilar bo‘lishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют