» » Ilon Maskdan tez o‘rganish siri

Ilon Maskdan tez o‘rganish siri


Maskda tug‘ma iste’dod va ko‘p o‘qish odatidan tashqari yana bir foydali mahorat — samarali o‘rganish va qisqa muddatda juda ko‘p ma’lumotlarni esda saqlab qolish qobiliyati bor.

Mask eng avval o‘z-o‘zimizga qo‘yadigan chegaradan chiqib olishni maslahat beradi. U ko‘pchilik odamlar o‘zlariga yetarlicha baho bermaydilar va o‘ylaganlaridan ham ko‘prog‘ini o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

“Bilimni ma’no daraxti deb hisoblash juda muhim, — deydi Mask. — Avval asosiy qarashlaringizni tushunib oling — bu sizning daraxtingizning tanasi va katta shoxlari. Faqat keyingina barglariga (tafsilotlariga) o‘tasiz. Aks holda ular osilib turishga hech narsa bo‘lmaydi”.

Asosiy tushunchalar tizimini o‘rganmasdan turib mavzuning ichiga kirib ketmang: asosiy g‘oyalar va munozarali intizom masalalari.

Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, esda saqlab qolishning eng yaxshi usuli — yangi ma’lumotni o‘zingiz biladigan ma’lumot bilan bog‘lash. Agar bizda yangi bilimlarni ilib qo‘yadigan bunday aqliy “ilgaklar” yo‘q bo‘lsa, ular odatda kallada ushlanib qolmaydi. O‘rganilayotgan fanning asoslari — bu xuddi shu “ilgaklar” hisoblanadi.

Agar siz tezroq o‘rganishni xohlasangiz, Maskning maslahatlarini e’tiborga oling va ishga strateg kabi yondashing. Agar sizni fanning aynan o‘sha mavzusi qiziqtirayotgan bo‘lsa ham, murakkab mavzuga birdaniga o‘tmang. Yaxshisi asosni mustahkamlash uchun biroz ko‘proq vaqtingizni sarflang. Shunda siz tezroq va yaxshiroq o‘rgana olasiz.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют