» » Vadim Abramov o‘zaro to‘qnashuvlarning uchinchisida ham Mirjalol Qosimovga imkoniyatni boy berdi

Vadim Abramov o‘zaro to‘qnashuvlarning uchinchisida ham Mirjalol Qosimovga imkoniyatni boy berdi


Kecha — 15-sentabr kuni O‘zbekiston Oliy Ligasida 21-tur bellashuvlari start oldi. Mazkur turni “Bunyodkor” — “Neftchi” o‘yini ochib berdi.

Uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Bellashuvda Akrom Komilov va Vohid Shodiyev muvaffaqiyat qozondi.

Tomonlarning Farg‘onada o‘tgan birinchi davra o‘yinida “Bunyodkor” 2:1 hisobida ustun kelgandi. O‘shanda “qaldirg‘ochlar”ga Sergey Lushchan, “Neftchi”ga esa Andrey Fyodorov ustozlik qilayotgandi. Javob o‘yinida jamoalarni maydonga Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov boshlab tushdi.

Joriy mavsum hisobidan futbol muxlislari Abramov va Qosimov to‘qnashuviga uchinchi bor guvoh bo‘ldi. Har uchala o‘yin Qosimovning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Avvalroq “Bunyodkor” va “Neftchi” O‘zbekiston Kubogida to‘qnash kelgan bo‘lib, Farg‘onada 2:1, Toshkentda 3:1 hisobi qayd etilgandi.

21-turdagi g‘alabasidan so‘ng Toshkent grandi turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi. “Neftchi” esa 15-o‘rinda. Vadim Abramov tashrifiga 9 ta tur to‘lganiga qaramay, mutaxassis “Neftchi” bilan g‘alaba qozona olmadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
21-tur bellashuvlari
15-sentabr, juma

Gollar: Akrom Komilov, 16 (1:0). Vohid Shodiyev, 51 (2:0).

16-sentabr, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Mash’al” — 16:30
“So‘g‘diyona” — “Qizilqum” — 18:00
“Buxoro” — “Dinamo” — 18:00
“Navbahor” — “Metallurg” — 18:00
“Nasaf” — “Lokomotiv” — 18:45
“Paxtakor” — “Sho‘rtan” — 19:00

17-sentabr, yakshanba
“Olmaliq” — “Obod” — 18:00

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют