» » So‘nggi imkoniyatdan Lushchan foydalandi, Fyodorov esa yo‘q. “Neftchi” murabbiyi ishdan ketishga tayyor

So‘nggi imkoniyatdan Lushchan foydalandi, Fyodorov esa yo‘q. “Neftchi” murabbiyi ishdan ketishga tayyor


Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishdan ketishga tayyor. Bu haqda mutaxassisning o‘zi “Bunyodkor”ga qarshi o‘yindan keyin ma’lum qildi.

O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganda bir qarorga keldim. Agar jamoadan ketishim “Neftchi”ning keyingi natijalariga ijobiy ta’sir o‘tkazsa, men bu qarorni qabul qilishga tayyorman.

Andrey Fyodorov, “Neftchi” bosh murabbiyi

“Championat.asia”ning norasmiy ma’lumotiga ko‘ra, “Neftchi” — “Bunyodkor” o‘yinida har ikki klub rahbariyati murabbiylar uchun so‘nggi imkoniyatni bergan. Uchrashuv Sergey Lushchan boshqaruvidagi “Bunyodkor”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz —futbol emas. Raqib har taraflama bizdan ustun edi. Bu nima bilan bog‘liq ekanini hozir izohlab bera olmayman. Ruhiy jihatdan o‘yinlarga to‘liq tayyor bo‘la olmayapmiz. Bu borada qancha ishlamaylik ijobiy o‘zgarish kuzatilmayapti.

O‘tgan yil so‘nggidagi mag‘lubiyatli natijalar va bu yilgi muvaffaqiyatsizliklar uchun men javobgarman. Deyarli yarim jamoa futbol o‘ynashni unutib qo‘ygandek tasavvur uyg‘otmoqda. Hozir jamoani ruhlantirib yuboradigan qandaydir jiddiy chora ko‘rish kerak.

Andrey Fyodorov, “Neftchi” bosh murabbiyi

Biroz avvalroq “Bunyodkor” klubida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgani va Sergey Lushchanning tez kunlarda iste’foga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют