» » Estoniya “Irma” to‘fonidan jabrlanganlarga 30 ming yevro ajratdi

Estoniya “Irma” to‘fonidan jabrlanganlarga 30 ming yevro ajratdi


Estoniya tashqi ishlar vazirligi o‘z mablag‘lari hisobidan “Irma” to‘fonidan jabrlangan Karib dengizi orollari aholisiga 30 ming yevro ajratdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

TIV moliyaviy ko‘magi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatayotgan Qizil Xoch tashkilotiga o‘tkazib berildi.

“Bir necha mamlakat orol-davlatlarga yordam ko‘rsatishni va’da qildi. Estoniya ham bundan chetda qolmadi. Hozir u yerdagi odamlarga ichimlik suvi va tibbiy yordam zarur”, — ta’kidladi tashqi ishlar vaziri Sven Mikser.

Eslatib o‘tamiz, Karib havzasi va AQShda “Irma” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 80 kishidan oshdi. Ulardan yarmidan ortig‘i orollarda istiqomat qilardi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют