» » “Irma” to‘foni oqibati halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi

“Irma” to‘foni oqibati halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi


Karib havzasi orollariga yopirilgan “Irma” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press agentligi 8-sentabr, juma kuni ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 11 kishi Sen-Marten va Sen-Bartelmi orollarida, yana to‘rt kishi Amerika va Britaniyaning Virgin orollarida halok bo‘lgan. Shuningdek, Antigua va Barbuda, Angilya va Barbados orollarida bir nafardan odam to‘fon qurboniga aylangan.

Amerika to‘fonlarni kuzatish milliy markazining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda “Irma” to‘fonining maksimal tezligi soniyasiga 70 metrni tashkil etmoqda. Saffir-Simpsonning besh ballik shkalasiga ko‘ra, ushbu to‘fon to‘rtinchi darajaga taalluqli.

To‘fon Mayami orolidan 600 kilometr narida bo‘lib, 10-sentabr, yakshanba tongida Florida shtatining janubiy qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda. Florida gubernatori Rik Skott qirg‘oqbo‘yi hududlarda istiqomat qiladiganlarni darhol evakuatsiya qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir: “Irma” to‘foni sababli 500 ming kishi Floridadan chiqib ketdi (video)

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют