» » Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga uyushtirgan davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan “O‘zbekiston — Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” ko‘rgazmasiga keldi va u yerda Qozog‘iston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari bilan tanishdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti sayti xabar berdi.

O‘zAda qayd etilishicha, ikki davlat ishbilarmonlari uchun o‘ziga xos maydonga aylangan “O‘zekspomarkaz”dagi ushbu ko‘rgazmadan avtomobilsozlik, neft-gaz, elektrotexnika, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari o‘rin olgan.

Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining kengaytirilishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishiga va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish va yangi qo‘shma savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют