» » Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan birga Janubiy Qozog‘istondagi vinochilik korxonasida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan birga Janubiy Qozog‘istondagi vinochilik korxonasida bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan birga Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Caspian Food korxonasida bo‘ldi. Bu haqda “KazInform” xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uzum qabul qilish texnologik liniyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, distillyatsiya va mahsulotni quyish sexida bo‘ldi.

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevga uzum, yong‘oq o‘tqazish hududlari namoyish etildi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel, shanba kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют