» » Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-forumda 1 mlrd dollarlik shartnomalarni imzolaydi

Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-forumda 1 mlrd dollarlik shartnomalarni imzolaydi


Qozog‘iston-O‘zbekiston biznes-forumi chog‘ida bir milliard dollarlik 75 ta shartnomani imzolash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi “Kazinform”.

“Bugun katta biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda, ikki tomondan 500 biznesmen qatnashmoqda. Menga aytishlaricha, qariyb bir milliard dollarlik 75 ta shartnoma tuziladi. Bu so‘nggi yillar ichida tariximizda birinchi marta kuzatilmoqda”, — dedi Nazarboyev.

U Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida poydevor qo‘yilganini ta’kidladi.

“Biz Siz bilan ushbu an’analarni qardoshlar, yaqin mamlakatlar, ahil qo‘shnilar sifatida, bir-birimizga yordam berib, yurak va quchoqlarimizni ochib davom ettiramiz”, — dedi Nursulton Nazarboyev.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют